Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Bo'sh ish o'rinlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘zining hududiy bo‘limlarida bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarida davlat xizmatchilarining bo‘sh ish o‘rinlarining yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”da ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish monitoringi sektorlari bosh mutaxassislarining bo‘sh lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Malaka talablariga muvofiqligini o‘rganish natijalariga ko‘ra, nomzodlar sinov jarayonidan o‘tadilar. Muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan nomzodlar bilan ularning malakasi va kasbiy mahoratining bo‘sh lavozimlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida suhbatlar o‘tkaziladi.

Agar siz jamiyatga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan iste’dodli, g‘ayratli, mehnatsevar va tashabbuskor nomzod bo‘lsangiz, unda bizga qo‘shiling!

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portal