Senat qo‘mitasida ijtimoiy himoya va intellektual mulk masalalari muhokama qilindi

Iyun 26, 2025 · 4 Ko'rish soni

Senat qo‘mitasida ijtimoiy himoya va intellektual mulk masalalari muhokama qilindi


Joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichida yurtimiz bo‘ylab saralangan 364 nafar parasportchi qatnashib, 78 ta medallar jamlanmasi uchun qaynoq va ruhlantiruvchi kurash olib borishdi.

👍Bu musobaqa nafaqat jismoniy kuch, balki yurak, sabr va yuksak iroda sinovi ham bo‘ldi!

🥇Umum jamoa hisobida bu yil musobaqaning mutloq g‘olibi Toshkent shahri jamoasi bo‘ldi. Ular jami 15 ta medal, jumladan 7 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🥈 Samarqand viloyati vakillari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza — jami 10 ta medal bilan 2-o‘rinni egallashdi.

🥉 Namangan viloyati jamoasi 8 ta medalga (4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza) sazovor bo‘lib, musobaqaning faxrli 3-o‘rinini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa ishtirokchilari o’zlarining hududlari sha’nini munosib himoya qildilar. Ular o‘zlarining jasorati, qat’iyati va sportga bo‘lgan muhabbati bilan butun jamoatchilikka ilhom bag‘ishladilar.

💚 Gʻolib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Ularning muvaffaqiyati – yosh avlodga namuna, jamiyatimizga g‘urur va yurtimizda parasportning rivojini aks ettiradi.


Tavsiya etamiz