Iyun 21, 2025 · 11 Ko'rish soni
Besh kunlik dastur davomida yoshlar o‘z salohiyatini namoyon etish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, ijtimoiy faollikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Oromgohning asosiy shiori: "Har bir fikr muhim. Har bir ovoz – imkoniyat" bo‘lib, unda inklyuzivlik, tenglik va fuqarolik faolligi asosiy tamoyil sifatida ilgari surildi.
Oromgohda 16 dan 25 yoshgacha bo‘lgan faol talabalar, nogironligi bo‘lgan yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar oromgohida quyidagi yo‘nalishlarda treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari o‘tkazildi:
✅ijtimoiy himoya, inklyuziya va fuqarolik faolligi bo‘yicha asosiy tushunchalar;
✅media savodxonlik va raqamli kommunikatsiya ko‘nikmalari;
✅liderlik, jamoaviy ishlash va ijtimoiy loyihalarni boshqarish asoslari;
✅siyosiy model asosida yoshlar sessiyasi va loyiha taqdimotlari.
Ishtirokchilar oromgoh davomida nafaqat bilim oldilar, balki o‘zaro fikr almashdilar, do‘stlar orttirdilar va birgalikda kelajakda inklyuziv jamiyat barpo etish uchun amaliy takliflar ishlab chiqdilar.